Belgiya qanot o'yinchisi Leandro Trossar Turkiya chempionatida o'ynaydi.

«Besiktas» o'z rasmiy sahifalarida 31 yoshli o'yinchi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Shartnoma uch mavsum davom etadi. Shuningdek, kelishuvda yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Oldinroq matbuotda «Arsenal» Trossar uchun taxminan 18 million evro kompensatsiya olishi haqida ma'lumotlar tarqatilgan edi. U Londondagi jamoa safida 2023 yildan o'ynagan.

O'tgan mavsumda Trossar «Arsenal»ga APLda uzoq kutilgan oltin medalni qo'lga kiritishda yordam berdi. 2025/25 mavsumida u sakkiz gol urdi va 10 golli uzatma berdi.