«Inter» yangi taklif bilan «Liverpul»ning yarimhimoyachisi Kortis Jonsonga murojaat qildi, ammo taklif rad etildi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o'zining ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, milanlik klub vositachilar orqali futbolchi uchun 32 million evro taklif qilgan, lekin yana bir bor rad javobini olgan. Angliya klubi Jonsonni 40 million evroga baholamoqda va futbolchini kamroq summaga qo'yishga niyati yo'q. Agar «qizillar»ning talablariga javob berilmasa, 25 yoshli yarimhimoyachi jamoada qoladi.
O'tgan mavsumda Jonson 49 o'yinda maydonga tushib, 3 gol urdi va 3 golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klubi bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.




