Yuriy Tileyemans «Aston Villa»dan «Manchester Yunayted»ga yangi o'yinchi sifatida yaqin orada rasmiy ravishda taqdim etiladi.

29 yoshli futbolchi allaqachon tibbiy ko'rikdan o'tdi va «qizil iblislar» bilan shartnomaga imzo chekdi, deb xabar bermoqda insayder Fabrizio Romano. Shartnoma 2031 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, belgiyalik futbolchining transferi «Manchester Yunayted»ga 41 million evroga tushadi – bu summa yarim himoyachi bilan «Aston Villa» o'rtasidagi shartnomada ko'rsatilgan.

Yuriy Tileyemans «villalar» safida barcha musobaqalarda jami 134 o'yin o'tkazib, 10 gol urdi va 25 golli uzatma berdi.