Nomlanmagan Angliya Premer Ligasi klubi yaqin kunlarda «Udineze»ga Umar Sole transferi bo'yicha rasmiy taklif yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Udineze» 26 yoshli himoyachi uchun 30 million evro talab qilmoqda, ammo Angliyadan kelayotgan taklif summasi oshkor qilinmagan.

2025/26 yilgi mavsumda Sole barcha turnirlarda 38 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta assist qildi.

Sole ning italiyalik klub bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha davom etadi. Transfermarkt mutaxassislari fransuzning narxini 23 million evro deb baholamoqda.