«Lids» bosniyalik himoyachi «Sassuolo»dan Tarik Muxarremovichni Pasqal Struyk o'rnini bosuvchi sifatida ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Leeds Live xabar bermoqda.

Struyk «Brighton»ga 21 million evro evaziga sotilgandan so'ng, markaziy himoyachi pozitsiyasi «Lids» uchun ustuvor masalalardan biriga aylandi. Jamoa vakillari hozircha «Sassuolo» bilan jiddiy muzokaralar olib borilmaganini, faqatgina qiziqish borligini ta'kidlamoqda. Italiyalik klub futbolchi uchun taxminan 40 million evro olishni rejalashtirmoqda.

Yuqori narxning sabablaridan biri, Muxarremovichning sobiq klubi «Yuventus» kelajakda sotishdan 50% ulushga ega bo'lganidir. Futbolchiga «Nyukasl», «Sanderlend» va «Bormut» ham qiziqish bildirmoqda.