«Manchester Yunayted» jamoasi yangi futbolchi bilan to‘ldirildi. Angliya klubiga markaziy yarim himoyachi Andrey Santos bilan mehnat shartnomasi tuzildi. Bu haqda mankunianlarning matbuot xizmati jamoaning rasmiy saytida ma'lum qildi.
Braziliyalik yarim himoyachi 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Shuningdek, kelishuvda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ko‘zda tutilgan.
Xabarlarga ko‘ra, «qizil iblislar» Londondagi «Chelsi»ga Santos uchun taxminan 58,5 million evro to‘lagan.
Angliya Premer Ligasi tarixida Santos 2023 yildan o‘ynayapti. O‘sha paytda u «Chelsi»ga braziliyalik klub «Vasko da Gama»dan sotib olingan. «Ko‘klar» libosida 22 yoshli yarim himoyachi 47 o‘yinda maydonga tushib, uch gol urdi va beshta golli uzatma berdi.




