«Nottinhem Forest» Ibragim Sangare bilan shartnomani uzaytirishga yaqin. The Telegraph ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli ivoriyalik futbolchi bilan yangi kelishuv 2029 yil yozigacha davom etadi.
«O'rmonchilar» rahbariyati, shuningdek, «Manchester Siti»ga Elliot Andersonni sotgandan so'ng, jamoaning asosiy tarkibini saqlab qolishni rejalashtirmoqda va boshqa yetakchi futbolchilar bilan ham xayrlashishni niyat qilmayapti.
Sangare o'tgan mavsumda kuchli o'yin ko'rsatdi va jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. U 43 ta o'yinda qatnashdi, 2 ta gol urdi, 3 ta golli uzatma berdi va 6 ta ogohlantirish oldi.
Sangarening bozor qiymati Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra 20 million yevroni tashkil etadi.




