Yarim himoyachi «Aston Villa»dan Yuri Tilemans «Manchester Yunayted»da karerasini davom ettirishga tayyor.

«Qizil jinnilar» belgiyalik futbolchi bilan hamkorlik shartlari bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan, deb xabar beradi jurnalist Florian Plettenberg. 29 yoshli futbolchi mankunianlar bilan uzoq muddatli shartnoma tuzishga rozi bo'ldi. Klublar o'rtasidagi muzokaralar ham ilg'or bosqichda va tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda.

Yuri Tilemans 2023 yil yozidan beri «Aston Villa»ning ranglarini himoya qilmoqda. O'tgan mavsumda yarim himoyachi Unai Emeri jamoasi safida barcha musobaqalarda 35 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi. O'ychining Transfermarkt saytidagi baholangan qiymati 30 million evro.