Vinger Alehandro Garnaco Xabi Alonsoning rejalariga kirmaydi, shuning uchun «Chelsi» argentinalik futbolchini joriy transfer oynasida sotishi mumkin. The Touchline nashrining ishonchli manbasiga ko'ra, «Chelsi» Garnaconi sotishdan 42 million funt (49,3 million evro) daromad olishni maqsad qilgan.
Agar boshqa Angliya Premer-ligasi klubiga gap bo'lsa, «Chelsi» 22 yoshli Garnacoga bo'lgan talabini yanada yuqori – 45 million funt (52,8 million evro) qilib belgilaydi.
O'tgan yozda «Chelsi» Alehandro Garnaconi «Manchester Yunayted»dan 46,2 million evroga sotib oldi. O'shandan beri Garnaco 43 ta o'yinda maydonga tushib, sakkiz gol urdi va to'rt golga assistentlik qildi.




