Chap himoyachi «Rayo Valyekano» Pep Chavarria Londondagi «Chelsi»ga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Saymon Fillips xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Chelsi» yangi taklifni taxminan 17,5 million evro miqdorida berdi. «Ko'klar» allaqachon o'yinchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishib olgan.
Biroq «Rayo Valyekano» «Chelsi»dan himoyachining shartnomasida belgilangan 24,6 million evroni to'lashni talab qilishda davom etmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Chavarria barcha musobaqalarda 44 uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.




