«Manchester Yunayted» Edersonni sotib olishdan voz kechishga qaror qildi va o'z e'tiborini «Roma» yarimhimoyachisi Manu Konega qaratdi.
Ingilizlar 27 yoshli Edersonni «Atalanta»dan 35 million funt sterlingga sotib olishga tayyor bo'lishdi, ammo shartnoma, gumon qilinishicha, amalga oshmadi.
Sky Italia ma'lumotlariga ko'ra, transferda hech qanday muammo bo'lmagan. Manba, Edersonning jismoniy holatida hech qanday muammo yo'qligini ta'kidlaydi. Barcha narsa «Manchester Yunayted»ning «Roma»dan Konega o'tishida ekan.
Transfermarkt portali Konening bahosini 50 million evro deb baholamoqda.




