«Manchester Yunayted» Edersonning o‘tishidagi muammolar haqida tarqalgan xabarlarga rad javob berdi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Avvalroq, insayder Fabrizio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida o‘tish amalga oshmaydi deb yozgan edi.
Klub ichidagi manbalar, futbolchining batafsil tibbiy ko‘rikdan o‘tishi hali davom etayotganini va hozirgi kunda shartnomani bekor qilish haqida hech qanday qaror qabul qilinmaganini ta’kidlamoqda.
«Manchester Yunayted» futbolchini «Atalanta»dan 40,5 million evroga, bonuslarni hisobga olmagan holda (+ yana 4,5 million evro) xarid qilishi kutilmoqda. O‘tgan mavsumda 27 yoshli Ederson 41 o‘yinda 3 gol urdi va 2 golli uzatma berdi.




