Madridning «Real» klubi «Manchester Yunayted»ning Orelyan Tchuameni transferi bo'yicha taklifini rad etdi. Bu haqda Defensacentral xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «qizil shaytonlar» fransuz futbolchisi uchun 120 million evro taklif qilgan, lekin rad javobini olgan. «Real» Tchuamenini saqlab qolishga va uning shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirishga qaror qilgan.
O'tgan mavsumda 26 yoshli Tchuameni barcha musobaqalarda 49 uchrashuvda ishtirok etib, ikki gol urdi va ikki golli uzatma berdi.
Orelyan Tchuamenining «sli-vachni» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning iyunigacha davom etadi.




