Ispan mutaxassisi Xabi Alonso Londondagi «Chelsi»da ish boshladi va ingliz ommaviy axborot vositalariga o'z futbol tamoyillari haqida gapirib berdi.
«Men alohida o'yinchilar haqida gapirmoqchi emasman, lekin tamoyillar haqida aytib o'taman. Biz har kuni maksimal darajada ishlaydigan, birga ishlashni xohlaydigan jamoa yaratmoqchimiz. Bu men uchun muhim. G'alaba qozonadigan shaxs emas, jamoa. Agar biz bir bo'lsak, ko'proq natijalarga erishamiz», - deydi mutaxassis derbyderbyderby.it saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Alonso avval Madridning «Real» klubida ishlagan, ammo ispan klubi bilan tezda aloqalarini uzdi va faqat bir necha oy ishladi.




