Markaziy hujumchi Callum Wilson «Brentford» bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda ingliz jamoasining rasmiy saytida ma'lum qilindi.

34 yoshli forvard «ari»lar safiga erkin agent sifatida qo'shildi. Wilsonning yangi jamoasi bilan shartnomasi 2027/2028 mavsumi oxirigacha mo'ljallangan.

Bu yozda ingliz futbolchisi «Vest Xem»dan ish shartnomasining muddati tugagani sababli ketdi. O'tgan mavsumda Wilson barcha turnirlarda 35 o'yinda 7 gol urdi va 1 golli uzatma berdi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida «Brentford» to'qqizinchi o'rinni egalladi.