«Kristal Pelas» tarkibi yangi futbolchi bilan to‘ldirildi – Ispaniyaning qanot himoyachisi Oskar Mingesa ingliz jamoasi bilan mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqda «qarg‘alar»ning rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Mingesa «Kristal Pelas»ga erkin agent sifatida qo‘shildi. Futbolchi to‘rt yillik shartnoma imzoladi.

27 yoshli ispan «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2020-2022 yillarda Mingesa «ko‘k-qizil» jamoaning asosiy tarkibida o‘ynadi. Himoyachi so‘nggi to‘rt mavsumni «Selta»da o‘tkazdi, u erda 147 o‘yinda maydonga tushib, «gol+pas» tizimida 22 ochko to‘pladi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premer-ligasi yangi musobaqasi 21-avgustda boshlanadi.