Londondagi «Arsenal» yaqin kunlarda 24 yoshli qanot o'yinchisi «Bryugge»dan Xristos Tsolisni transfer qilishni yakunlashi mumkin. Ushbu ma'lumotni Talking Highbury tarqatmoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, bitimning umumiy summasi 41 million evro bo'ladi. Ta'kidlanishicha, «Arsenal» grek futbolchisini zaxira o'yinchisi sifatida kuchaytirish maqsadida sotib olmoqda. Hozirda u asosiy tarkibda o'ynash uchun ko'rilmayapti.

2025/26 yilgi mavsumda Tsolis barcha turnirlarda 52 ta o'yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 22 marta ishg'ol qilgan va 29 ta golli uzatma bergan.

Shuni ta'kidlash joizki, Tsolis avval Angliyada o'ynagan. 2021 yildan 2024 yilgacha u «Norvich» klubiga tegishli edi.