Markaziy yarim himoyachi Shon Shter «Ayaks»dan «Nyukasl»ga o'tdi. Bu haqda «soroklar»ning matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, 18 yoshli niderlandiyalik futbolchi «Nyukasl» bilan besh yillik shartnoma imzolagan. U yangi jamoasida 14-raqam ostida o'ynaydi. Transfer summasi oshkor qilinmagan, lekin avvalroq ma'lum qilinganidek, Shterni xarid qilish «soroklarga» 24 million evroga tushishi kutilmoqda.
«Bu yerda bo'lish — ajoyib his. Bu Premier-liganing katta klubi. Men har doim dunyoning eng yaxshi ligasida o'ynashni orzu qilardim, shuning uchun bu men uchun hayajonli lahza», — deydi Shter «soroklar» matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Shter — «Ayaks» tarbiyalanuvchisi. U asosiy jamoa safida atigi 26 ta o'yin o'tkazib, 1 gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.




