«Manchester Yunayted» rasmiy ravishda yangi 100 ming o'rinli arenaning qayerda qurilishini tasdiqladi. Tegishli yangilik klubning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Stadion «Old Trafford»dan atigi 350 metr shimoliy-g'arbda joylashadi. U bilan bog'liq hududda taxminan 15 ming yangi uy, maktablar va shifoxonalar quriladi, shuningdek, barcha mashhur transport turlari hisobga olingan yaxshilangan transport infratuzilmasi yaratiladi.
Klubda ta'kidlanganidek, eski stadion yaqinligi muxlislar uchun odatdagi muhit va an'analarni saqlab qolishga yordam beradi. Eski «Old Trafford» bilan nima bo'lishi hali ma'lum emas, qaror keyinchalik qabul qilinadi.




