Jurnalist Matteo Moretto xabar berganidek, «Atletiko» hujumchi Julian Alvaresning transferi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

«Birinchi marta «Atletiko» Alvaresning ketishi imkoniyatini ko'rib chiqmoqda va uning transferi bo'yicha takliflarni eshitishga tayyor. «Matrasniklar» hujumchini Ispaniyadan tashqarida sotishni afzal ko'rishadi va «Arsenal» qiziqayotgan klublar qatorida. Julian uchun asosiy maqsad «Barselona»ga o'tishdir va jahon chempionatidan so'ng, katalon klubining o'yinchini transfer qilish uchun yana bir urinish qilishi kutilmoqda», - dedi Moretto.

Julian Alvares 2024 yilda «Manchester Siti»dan «Atletiko»ga 75 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.