Yarim himoyachi Daitsi Kamada «Kristal Pelas» bilan shartnomani uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, shartnoma bo'yicha barcha tafsilotlar kelishilgan, rasmiy tasdiqlash esa yaqin 24 soat ichida bo'lishi kutilmoqda. Yangi shartnoma 2027 yilning iyunigacha amal qiladi.
Yaponiyalik yarim himoyachining hozirgi shartnomasi 2026 yil yozida tugashi kerak edi. Kamada «Kristal Pelas»da 2024 yil iyulidan beri o'ynaydi, u «Latsio»dan erkin agent sifatida klubga o'tgan edi.
29 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 46 o'yin o'tkazib, 1 gol urdi va 5 assist berdi. Uning jamoasi Konferensiyalar ligasida g'olib bo'ldi.




