Londondagi «Tottenxem»ning qanot himoyachisi Jed Spens «Everton»ning short-listiga kirdi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli Spens nafaqat «iriskalar» uchun, balki boshqa Premier-liga klublari uchun ham qiziqarli. «Tottenxem» o'z futbolchisini taxminan 29 million yevro evaziga qo'yishga tayyorligi aytilmoqda.
Yozgi transfer oynasida yangi himoyachi sotib olish — «Everton»ning ustuvor maqsadi. Klubda Spensning ko'p funksiyaliligi va terma jamoada o'ynash tajribasi jamoaga yordam berishini hisobga olishmoqda.
O'tgan klub mavsumida himoyachi barcha musobaqalarda 44 uchrashuvda maydonga tushdi, lekin gol urish bilan ajralib turmadi.




