«Manchester Yunayted» uchun Dortmundning «Borussiya» klubidan yarim himoyachi Feliks Nmechani transfer qilish oson bo‘lmaydi.
«Qizil shaytonlar» 25 yoshli futbolchini olishda asosiy da'vogarlaridan biri hisoblanadi, shuningdek, uning transferida «Nyukasl» ham qiziqish bildirgan. Bild Sport ma'lumotlariga ko‘ra, «shmellar» Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisini sotishdan kamida 120 million evro daromad olishni rejalashtirmoqda, ammo o‘yinchining Transfermarkt portalidagi bahosi ancha past – 50 million evro.
Feliks Nmecha o‘tgan mavsumda Dortmund jamoasi safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.




