Manchester Yunaytedning bosh murabbiyi Maykl Karryk kelayotgan mavsumdan kutganlarini baham ko‘rdi.

Jamoa ingliz mutaxassisi Rubein Amorimni yanvarda almashtirgandan so‘ng o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida muvaffaqiyatli o‘ynadi.

«Bizda Premier-liganing eng kuchli jamoalarini mag‘lub etish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa bor va biz buni bilamiz. Endi biz buni butun mavsum davomida isbotlashimiz kerak, shuningdek, boshqa barcha sovrinlar uchun kurashishimiz lozim.

Men yangi mavsumni, «Old Trafford»da o‘zgacha ligachampiyonalik kechalarini kutib olishni sabrsizlik bilan kutyapman. Biz oldinga siljish va muxlislarga yangi buyuk lahzalarni taqdim etishga tayyormiz», – deydi Karryk UtdReportga.

Eslatib o‘tamiz, «qizil jodugarlar» APLda uchinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldilar.