Avvalgi «Lids» darvozaboni Ilan Melye tez orada Londondagi «Arsenal»ga qo'shilishi mumkin.
«Kanonirlar» fransuz bilan hamkorlik shartlari bo'yicha kelishuvga erishdilar. afcnewsroom ma'lumotlariga ko'ra, 26 yoshli darvozabon tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak, shundan so'ng shartnoma imzolanadi.
Ilan Melye «Lids» uchun 215 ta o'yin o'tkazgan, shulardan 107 tasi Premier-ligada. O'tgan mavsumda esa, o'yinchi biror marta «pavlinlar»ning asosiy jamoasi safida maydonga tushmagan va ro'yxatga ham tez-tez kiritilmagan.
Oldinroq «Arsenal»ning zaxira darvozaboni Kepa Arrizabalaga ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.




