Meksika terma jamoasi va «Tixuana» yarim himoyachisi Xilberto Mora Londondagi «Arsenal»ga o'tishi mumkin.
«Kanonirolar» allaqachon 17 yoshli futbolchini kelajakdagi transferi ustida ishlamoqda, deb xabar bermoqda Transfer News Live El Universalga tayanib. Yosh yulduzga shuningdek, Angliya Premer-ligasining yana bir buyuk klubi – «Liverpul» ham qiziqish bildirmoqda.
Xilberto Mora 2026 yilgi jahon chempionatida Meksika terma jamoasi safida to'rtta o'yinda qatnashdi, ulardan uchtasida asosiy tarkibda maydonga tushdi. U Pele davridan beri mundialning pley-off bosqichida eng yosh ishtirokchi bo'ldi.
Meksikalik vunderkindning «Tixuana» bilan shartnomasida 23 million evro miqdorida to'lov belgilangan.




