18 yoshli «PSJ» hujumchisi Ibraim Mbaye yozgi transfer oynasida klubdan ketish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Foot Mercato xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Senegal terma jamoasidagi muvaffaqiyatli chiqish futbolchining pozitsiyasini o'zgartirdi. Mbaye Parij klubida asosiy tarkibda o'ynash imkoniyatisiz qolishni xohlamaydi.
O'yinchining atrofidagi odamlar unga Parijda qolishni tavsiya qilsa-da, futbolchi jamoa o'zgartirish haqida o'ylayapti. Mbaye ning «PSJ» bilan shartnomasi 2028 yilning iyunigacha amal qiladi.
Senegallik futbolchiga qiziqish bildirayotgan bir nechta xorijiy klublar mavjud. Eng faol ravishda «Tottenhem» va «Aston Villa» vaziyatni kuzatmoqda, Birmingham klubi esa transfer uchun asosiy da'vogar hisoblanadi.
Transfermarkt baholashicha, Mbaye ning bozor qiymati 30 million evrodir.




