Italiyalik yarimhimoyachi Sandro Tonali «Nyukasl»dan «Tottenxem»ga o'tdi. Bu haqda London klubining matbuot xizmati xabar berdi.

Tonali 16-raqamli o'yin raqamini tanladi. Avvalroq, 26 yoshli o'yinchining «shporalar» bilan tuzgan shartnomasi 2032 yilgacha amal qilishi ma'lum bo'lgandi. Mish-mishlarga ko'ra, Tonalining yangi klubdagi maoshi mavsumiga 12 million evro bo'ladi. Ushbu transfer «Tottenxem» uchun rekord bo'lib, klubga 117 million evroga tushdi.

Tonali 2023 yildan buyon «Nyukasl»da o'ynadi. Shu vaqt ichida u 110 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.