«Kristal Pelas» yarimhimoyachisi Adam Uortonning xizmatlari Madridning «Real» klubiga taklif qilindi. Bu haqda Defensacentral xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «qushlar» 22 yoshli yarimhimoyachini 120 million evro evaziga sotishga tayyor. «Real» esa bu bitimga qo'shilish yoki qo'shilmaslikni hali hal qilmagan, chunki klubda boshqa ustuvor maqsadlar mavjud.

2025/26 yilgi mavsumda Uorton barcha turnirlarni hisobga olgan holda 53 ta o'yinda qatnashdi, bir marta gol urdi va yetti marta golli uzatma berdi.

Yarimhimoyachining «Kristal Pelas» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha davom etadi. Transfermarkt mutaxassislari ingliz futbolchisini 70 million evroga baholamoqda.