Afsonaviy ingliz yarim himoyachisi Stiven Jerrard «Liverpul» tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb tan olindi. Bu haqda Merseysayd klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Jerrard eng yaxshi futbolchi sifatida tanlanganida statistikani tahlil qilish va «Liverpul» afsonalaridan ovoz olish jarayoni hisobga olindi. Shuningdek, 1,3 milliondan ortiq muxlis uning nomiga ovoz berdi. Reyting futbolchining mahorati, jamoaga ta'siri va «qizillar» safida faoliyati davomida erishgan muvaffaqiyatlariga asoslangan.
Stiven 1998 yildan 2015 yilgacha Merseysayd jamoasida o'ynadi. 2015/2016 yilgi mavsumda esa «Los-Anjeles Galaksi»da o'ynab, keyinroq faoliyatini yakunladi.




