Norvegiya forvardi «Manchester Siti»dan Erling Holand klubdan ketishni o'ylamoqda.
El Nacional xabarlariga ko'ra, Xosep Gvardiola bosh murabbiylik lavozimidan ketgandan so'ng, Holand «Manchester Siti»ning Enzo Mareska boshchiligidagi kelajak loyihasiga shubha bilan qaramoqda. Forvard hozircha o'z kelajagi haqida qaror qabul qilmagan, lekin Gvardiola va Bernardu Silvani kuzatib ketish ehtimolini inkor etmayapti.
«Manchester Siti» Holandni 2022 yilda sotib olgan. O'tgan mavsumda 25 yoshli forvard barcha turnirlarda 52 o'yin o'tkazib, 38 gol urdi va to'qqizta golli uzatma berdi.
Holandning «shaharchilar» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilgacha mo'ljallangan.




