Ingiltiradagi «NyuKasl» braziliyalik yarim himoyachi Bruno Gimaraysni jamoada saqlab qolmoqchi. Ushbu ma'lumotni Mail on Sunday tarqatmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, «NyuKasl» bosh murabbiyi Eddi Hau Gimaraysni qo'ldan chiqmas futbolchi deb hisoblaydi, bu esa futbolchining Londonning «Arsenal» klubiga o'tishini deyarli imkonsiz qiladi.

Oldinroq, OAVda «kanonirlar» 28 yoshli yarim himoyachi uchun taxminan 80 million evro taklif qilishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.

2025/26 yilgi mavsumda Gimarays barcha musobaqalarda 41 marta maydonga tushib, to'qqiz gol urdi va sakkiz golli uzatma berdi. Braziliyalik futbolchining «NyuKasl» bilan shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi.