Yarim himoyachi «Chelsi» Andrey Santos «Manchester Yunayted»ning transfer qiziqishlari doirasiga tushdi.

So‘nggi paytlarda matbuotda «siniylar»ning braziliyalik futbolchini joriy transfer oynasida sotishga tayyorligi haqida gaplar yuritilmoqda.  Guardian sport ma’lum qilishicha, 22 yoshli futbolchini sotib olishda «qizil jodugarlar» qiziqish bildirmoqda. Potensial bitimning narxi 50 million funt sterling (taxminan 58,5 million evro) deb baholanmoqda.

Andrey Santosni imzolash imkoniyatini «Nyukasl» ham ko‘rib chiqmoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi «Chelsi» safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda qatnashib, uchta gol urdi va to‘rt marta golli uzatma berdi.