Zashitnik Alehandro Balde bu yozda «Barselona»ni tark etmaydi.
Diario SPORT ma'lumotlariga ko'ra, «Manchester Siti» va «Chelsi»dan 80 million evro takliflariga qaramay, Kataloniya klubining prezidenti Joan Laporta futbolchini sotilmaydiganlar ro'yxatiga kiritgan. «Sine-granatovlar»ning sport direktori Deku barcha qiziqish bildirgan jamoalarga, himoyachining sotilmasligini ma'lum qildi.
Alehandro Balde «Barselona»ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 mavsumida himoyachi «sine-granatovlar» safida barcha turnirlarda 42 o'yin o'tkazib, uchta golli uzatma berdi.




