Ispan vingeri «Atletik»dan Nikko Uilyams Londondagi «Arsenal»ga o'tishi mumkin. Bunga El Nacional xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «kanonirlar» Uilyamsning shartnomasidagi 90 million evro miqdoridagi sotib olish opsiyasini faollashtirishga tayyor. 23 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» va «Liverpul» ham qiziqish bildirmoqda, lekin aynan «Arsenal» o'yinchi uchun kurashda yetakchilik qilmoqda, deyiladi.
O'tgan klub mavsumida Nikko Uilyams barcha musobaqalarda 32 marta maydonga tushib, olti gol urdi va yetti golli uzatma berdi.
Hozirda hujumchining «Atletik» bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2035 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.




