«Barselona»ning qanot himoyachisi Jul Kunde «Arsenal»ning tarkibini kuchaytirish uchun eng asosiy maqsadi hisoblanadi.
Insayder Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, «Arsenal» 27 yoshli Kundeni transfer qilish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun «Barselona» bilan bog‘langan. «Kanonirlar» o‘ng himoyachi izlamoqda va Kunde ro‘yxatdagi asosiy nomzoddir.
Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, «Barselona» o‘z futbolchisi uchun 58,5 million evro talab qilmoqda. Shuningdek, fransuzning katalon klubidagi maoshi yiliga 12 million evrodan oshishini ma'lum qilingan.
2025/26 yilgi mavsumda Kunde barcha musobaqalarda 47 o‘yinda qatnashib, uchta gol urdi va to‘rt assist yozdirib qo‘ydi.




