«Milan»ning oporniy yarim himoyachisi Yusuf Fofana ikki noma'lum APL klubini qiziqtirmoqda. Ushbu ma'lumotni insayder Nikolo Skira o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e'lon qildi.

Manbaning xabarlariga ko'ra, klublar 27 yoshli fransuz haqida «Milan»dan ma'lumot so'rashgan, chunki u yangi bosh murabbiy Ruben Amorimning rejalariga kirmaydi. Fofana o'z navbatida, joriy yozda italiyalik klubni tark etishga tayyor.

2025/26 yilgi mavsumda Fofana barcha musobaqalarda 36 marta maydonga tushib, ikki gol urdi va to'rt assist berdi.

Yarim himoyachining «rossoneri» bilan shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi. Transfermarkt mutaxassislari o'yinchining qiymatini 23 million evro deb baholamoqda.