Manschester Yunayted klubidan ma'lum qilinishicha, darvozabon Andre Onana kelajakda ham turkning Trabzonspor klubida o'ynaydi. Ijarasi bir yilga uzaytirilgan.
Eslatib o'tamiz, o‘tgan mavsumda kamerunlik darvozabon Trabzonda 29 ta Turkiya chempionati o'yinida qatnashib, 35 gol o‘tkazib yuborgan. Mavsum oxirida Trabzonspor musobaqada bronza medali sohibi bo'lib, faqat Istanbulning Galatasaray va Fenerbahce jamoalaridan orqada qoldi.
Onana uch yil avval Milanning Inter klubidan Manschester Yunaytedga o'tgan edi.
Manschester Yunaytedning asosiy darvozaboni hozirda belgiyalik Senne Lammens, uning o'rnini egallovchi esa turk Altay Bayindir.




