26 yoshli markaziy yarim himoyachi Sandro Tonali «Nyukasldan» Londondagi «Tottenxem»ga o'tdi. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, italiyalik futbolchi «Tottenxem» bilan 2032 yilgacha shartnoma imzolagan. Tonalining Londondagi maoshi 12 million evro va bonuslardan iborat bo'lishi aytilmoqda.

Yarim himoyachi 2023 yildan beri «Nyukasl»da o'ynagan. O'tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 53 uchrashuvda qatnashib, uchta gol urdi va yetti assistga ega bo'ldi.

Tonali xaridi «Tottenxem»ga 117 million evroga tushishi haqida xabarlar bo'lgan.