«Kristal Pelas» hujumchisi Ismaila Sarr «Manchester Yunayted»ning e'tiboriga tushdi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «qizil shaytonlar» 28 yoshli senegallik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqishdi, chunki ular o'yinchini sotib olish imkoniyatini o'rganmoqdalar. Biroq, «qushlar» Sarr uchun katta miqdorda pul so'rashi kutilmoqda, chunki uning uzoq muddatli shartnomasi bor.

2025/26 yilgi mavsumda Sarr barcha musobaqalarda 45 marta maydonga tushib, 21 gol urdi va ikki golga assistentlik qildi.

Futbolchining «Kristal Pelas» bilan tuzilgan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, qanot o'yinchisinin bozor qiymati 40 million evrodir.