Londondagi «Arsenal» bir vaqtning o'zida «Aston Villa»ning ikki o'yinchisi – Morgan Rodjers va Ezri Konsaga qiziqmoqda.

23 yoshli hujumchi yarim himoyachi «kanonirlar» uchun uzoq vaqtdan beri ustuvor maqsad hisoblanadi, 28 yoshli markaziy himoyachi haqida qiziqish esa yaqinda ma'lum bo'ldi. ESPN FC ma'lumotlariga ko'ra, ikki futbolchini sotib olish «Arsenal»ga taxminan 130 million funt sterling (150 million yevrodan ortiq)ga tushishi mumkin. Hozircha rasmiy takliflar kelib tushmagan.

Morgan Rodjers va Ezri Kons Angliya terma jamoasi safida jahon chempionatida o'ynamoqda. Transfermarkt portali birinchisini 90 million yevroga, ikkinchisini esa 40 million yevroga baholamoqda.