«Pari Sen-Jermen» qanot o'yinchisi Bradli Barkola «Liverpul»da karerasini davom ettirishi mumkin.

Muallifitetli insayder Fabrizio Romano xabar berishicha, «Liverpul» Barkolani yozgi transferning asosiy maqsadi sifatida belgilagan. Hozirda fransuz Merseysaydlilar ro'yxatining eng yuqori qismida turibdi, lekin bu moliyaviy tomoniga bog'liq. Agar ingliz klubi «PSJ» bilan kelishuvga erishsa, bitim amalga oshadi.

2025/26 yilgi mavsumda Barkola barcha musobaqalarda 49 uchrashuvda maydonga tushib, 13 gol urdi va yetti golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt mutaxassislari 23 yoshli hujumchini 70 million evro deb baholamoqda.