«Roma» qanot hujumini kuchaytirish ustida ishlashda davom etmoqda. Jurnalist Alfredo Pedullaning ma'lumotlariga ko'ra, rimliklar «Chelsi»ga tegishli bo'lgan qanot hujumchisi Alejandro Garnacoga qiziqish bildirgan.

«Roma» allaqachon o'yinchi haqida ma'lumot so'ragan bo'lib, birinchi navbatda ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda. So'nggi bir oy ichida Garnacoga «Milan» va «Yuventus» kabi bir qator taniqli klublar qiziqish bildirishdi.

Argentinalik futbolchi o‘tgan yozda Londondagi klubga taxminan 45 million evro evaziga o'tdi. O‘tgan mavsumda u 43 uchrashuvda qatnashib, 8 gol urdi va 4 golli uzatma berdi. «Chelsi» esa o'yinchidan voz kechmoqchi emasligini ta'kidlamoqda.