Avstriyalik mutaxassis Oliver Glasner «Nottinhem Forest»ning bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishga yaqin. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 51 yoshli murabbiy uch yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda, bu esa uni klub tarixidagi eng yuqori maoshli murabbiyga aylantiradi. Shu bilan birga, Glasner APLning eng yuqori maosh oladigan murabbiylari qatoriga kiradi.

Hozirda Unai Emeri, Andoni Iraola, Enzo Mareska va Roberto de Dzerbi yilda 11 dan 14 million evrogacha maosh olmoqda. Glasnerning maoshi esa biroz pastroq bo'ladi.

«Kristal Pelas»da ishlagan davrida avstriyalik jamoa bilan 3 ta sovrin, jumladan Angliya Kubogi va Konferensiya ligasini qo'lga kiritdi.

Agar tayinlash amalga oshsa, Glasner bir yil ichida «lestniklar»ning beshinchi bosh murabbiyi bo'ladi. Unga qadar jamoani Nuno Eshpiritu Santo, Ange Postekoglu, Shon Daych va Vitor Pereira boshqargan.