Markaziy yarimhimoyachi Xaydun Hakni «Everton»ning yangi o'yinchisi bo'ldi. 24 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolagani haqida «iriskalar»ning matbuot xizmati rasmiy saytida e'lon qildi.

2022 yildan beri Hakni «Midsbrou»da o'ynagan. Chempionshipdagi klub, oldinroq xabar qilinganidek, yarimhimoyachi uchun 19 million evro oladi. Shartnomaga yana 8 million evro bonus sifatida kiritilgan.

Hakni 2031 yil yozigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.

O'tgan mavsumda ingliz futbolchisi «Midsbrou»ning yetakchilaridan biri bo'lib qoldi. U barcha musobaqalarda 41 o'yinda 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. O'tmishda Hakni Angliya yoshlar terma jamoasi safida 13 marta maydonga tushgan va 1 ta gol urgan.

Eslatib o'tamiz, yarimhimoyachini sotib olishni «Liverpool», «Manchester United» va «Tottenxem» ham xohlagan.