«Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonali Londondagi «Tottenxem»ga o‘tishga yaqin.
Insayder Fabrizio Romano xabar berishicha, payshanba kuni Tonali agentlari va oilasi bilan birga Londonga kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Mish-mishlarga ko‘ra, 26 yoshli yarim himoyachining transferi «Tottenxem»ga 117 million evroga tushishi kutilmoqda.
O‘tgan mavsumda Tonali barcha turnirlarda 53 o‘yinda maydonga tushdi, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.
O‘tgan mavsum natijalariga ko‘ra, «Tottenxem» Angliya Premer-ligasida 17-o‘rinni egallab, 41 ochko to‘pladi.




