Londondagi «Arsenal» «Nyukasl» yarimhimoyachisi Bruno Gimaraesni qo'lga kiritish umidini saqlab qolmoqda.
«Sorokalar» braziliyalik futbolchi uchun «kanonirlar» tomonidan berilgan birinchi taklifni rad etdi, ammo muzokaralar shu bilan tugamadi. Transfer News Live xabariga ko'ra, «Arsenal» 65 million funt sterling (taxminan 76 million evro) taklifi «Nyukasl»ni qoniqtirishi kerak deb hisoblamoqda.
Ma'lum portal Transfermarkt Bruno Gimaraesning bozor qiymatini 70 million evro deb baholamoqda. «Arsenal» 28 yoshli yarimhimoyachi bilan aloqaga chiqqan, ammo u hozircha «Nyukasl»dan o'zini sotishga ruxsat berishni so'ramagan.




