«Arsenal» hozirda oltita transfer ustida ishlamoqda, deb yozadi Daily Mail.
Chap qanotni kuchaytirish uchun asosiy nomzodlar «Aston Villa»dan Morgan Rodjers va «Pari Sen-Jermen» yulduzi Bradsli Barko. Leandro Trossard «Emireyts»dan ketishi mumkin bo'lgan nomzod sifatida ko'rib chiqilmoqda, Gabriyel Martinelli ham klubni tark etishi mumkin. «Bayer»dan Kerim Alaybegovich ham «Arsenal»ning qanotlarini kuchaytirish uchun nomzod sifatida ko'rilmoqda. Grek hujumchisi Xristos Tsolis ham «Arsenal»ga o'tishi mumkin, chunki belgiyalik «Genk» uni «kanonirlar»ga taklif qilgani haqida xabarlar bor.
O'rta maydonda asosiy transfer nomzodlari «Bournemouth»dan Aleks Skott va «Nyukasl»ning kapitani Brunu Gimaraynshdir.




