«Nyukasl» «Xoffenhaym» bilan qanot o'yinchisi Buzuman Ture transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

20 yoshli futbolchi yaqin kunlarda «sorok»lar bazasiga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun yo'l olishi kutilmoqda. Ture transferi Edzi Hov jamoasi uchun muhim kuchaytirish bo'ladi, chunki bu yozda ular Entoni Gordonni yo'qotdi va deyarli 100% Sandro Tonali bilan ham xayrlashishi kutilmoqda.

O'tgan mavsumda Buxndesligada 20 yoshli ivoriyalik «Xoffenhaym»da 29 ta o'yinda boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi. Boshqa manbalarga ko'ra, transfer summasi 50 million evro atrofida bo'lishi mumkin.