Insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda Sandro Tonaaliyning «Nyukasl»dan «Tottenxem»ga o'tishi haqida ma'lumot berdi. Manbaning xabariga ko'ra, shartnoma tomonlari kelishuvga erishishdi.

The Athletic qo'shimcha qilganidek, o'tish summasi 117 million evro bo'ladi. O'tish amalga oshgach, bu «shporlar» tarixidagi eng qimmat xarid bo'ladi.

Tonaali 26 yoshda, u 2023 yil yozidan beri «Nyukasl»ga tegishli. 2023-2024 yilgi mavsumda o'n oyga qimor o'ynash sababli diskvalifikatsiya qilingan.

Oldinroq xabar berilganidek, «Tottenxem» yana bir qimmatbaho yarim himoyachi – APLdan tushib ketgan «Vest Xem»dan Mateush Fernandesni ham sotib olishi kutilmoqda.